Kiberjinoyat: aldovdan jazogacha (+video)
So‘nggi yillarla kompyuter va internet taraqqiyot darajasining ancha tezlashishi, sohalarning rivojlanishi, aloqalarning o‘rnatilishiga ta’siri ortib bormoqda. Taraqqiyotning ushbu bosqichida insonlar jamiyat va o‘zlari uchun foydali maqsadlarda ishlashayotgan bo‘lishsa-da, ayrim shaxslar aynan kompyuter va internet tizimidan g‘araz maqsadlarda, jumladan, kiberjinoyatlarni, xususan, kompyuter texnikasidan foydalanib, talon-toroj jinoyatlarini sodir etishda foydalanishayotgani, bundan juda ko‘plab insonlar va oilalar jabr ko‘rayotgani ayanchlidir.
Amaldagi qonunchiligimizda, aynan kompyuter texnikalaridan foydalanib sodir etiladigan talon-toroj jinoyatlari uchun javobgarlik belgilangan:
Jinoyat kodeksining 167-moddasi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi firibgarlik bo‘yicha va Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandida kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilganlik uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Xo‘sh, ushbu holatlarga duch kelinganda fuqarolar nima qilishlari lozim? Kimga va qayerga murojaat qilish kerak? Yechib olingan pullarni qaytarib olish imkoni mavjudmi?
Savollarga professional advokat Kamoliddin Baxavadinov javob beradi.
Batafsil:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KcXpJRu_Clo" title="Kiberjinoyat: aldovdan jazogacha" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>"Huquqiy ekspert" turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting va o‘z haq-huquqlaringiz haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.
M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA