Kenjayev Qudduz Shavkat o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Konlarni ishlatishning oxirgi bosqichlarida quduqlardagi korroziyalar va tuz yotqiziqlarini oldini olish samaradorligini oshirish” mavzusida
Kenjayev Qudduz Shavkat o‘g‘lining 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish ixtisosligi bo‘yicha “Konlarni ishlatishning oxirgi bosqichlarida quduqlardagi korroziyalar va tuz yotqiziqlarini oldini olish samaradorligini oshirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ huzuridagi DSc.36/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100029, Toshkent sh., Taras Shevchenko ko‘chasi, 2,
Tel.: +998712806700
e-mail: liting@liting.uz