Kelasi hafta Kaspiy sammiti bo‘lib o‘tadi
Kaspiy beshligi davlatlari (Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston va Turkmaniston) 29 iyun kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Kaspiy bo‘yicha oltinchi sammitga tayyorgarlik ko‘rish borasida kelishib oldi.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi, – deb yozadi “TASS”.
– Biz Kaspiy beshligining a’zosimiz, – dedi Lavrov. – Kelgusi hafta Ashxobodda Kaspiy bo‘yi davlatlarining sammiti bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, biz ushbu muhim voqeaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha harakatlarimizni kelishib oldik.
Ulug‘bek Mahmirzayev, O‘zA