Kecha yurtimizda 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 2021 yil 21 sentyabr kuni 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26459 nafarga yetdi.
Kecha ularning 415 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 23553 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 219 nafarga yetdi.
Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.