Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi?
Dunyodagi eng muhim voqealar qisqa satrlarda.
Dunyodagi eng muhim voqealar qisqa satrlarda.
Rossiya. Sochi shahrida Rossiya, Turkiya va Eron mamlakat rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Muzokaralarda Suriya masalasi muhokama qilindi.
Gaiti. Mamlakat boʻylab norozilik namoyishlari davom etmoqda. Prezident Jovenelya Moiza isteʼfosini talab qilib boʻlib oʻtayotgan namoyishlarda 4 kishi halok boʻldi.
Janubiy Koreya. Tejon shahridagi oʻq-dorilar ishlab chiqarish zavodida yuz bergan portlash oqibatida 3 kishi halok boʻldi.
AQSH. Mamlakat Kongressi Vakillar palatasi byudjetga doir qonunni tasdiqladi.
Rossiya. Krasnoyarsk shahridagi aholi turar-joy binosida portlash sodir boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, baxtsiz hodisa oqibatida bir kishi halok boʻlgani aniqlangan.
Hindiston. Jamma va Kashmir shaharlarida amalga oshirilgan terakt oqibatida 40 nafardan ortiq kishi halok boʻldi.
Zuhra Mirzaboyeva tayyorladi