“KAZINFORM“ xalqaro axborot agentligi
“Kazinform“ xalqaro axborot agentligi Qozogʻistondagi yetakchi agentlik boʻlib, respublikada xalqaro agentlik maqomini birinchi boʻlib olishga muvaffaq boʻldi.
Dunyo axborot agentliklari
“Kazinform“ xalqaro axborot agentligi Qozogʻistondagi yetakchi agentlik boʻlib, respublikada xalqaro agentlik maqomini birinchi boʻlib olishga muvaffaq boʻldi. Media-agentlik 95 yildan buyon siyosat, iqtisodiyot, maorif, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi muhim xabarlarni yetkazishda ishonchli va tezkor axborot manbai sifatida dunyoga tanildi.
“Kazinform“ orqali Prezident, parlament, hukumat, hududlardagi hokimiyat faoliyati, milliy moliyaviy va sanoat sohasidagi rasmiy xabarlar beriladi. Agentlik yangiliklarni www.inform.kz veb-portali orqali qozoq, rus, ingliz va xitoy tillarida berib boradi. Qozoq tilidagi yangiliklarni xorijda yashayotgan vatandoshlariga yetkazish maqsadida lotin grafikasi bilan arab imlosidan foydalaniladi.
Agentlikning markaziy ofisi Qozogʻiston poytaxti Nur-Sulton shahrida joylashgan. Mamlakatning moliyaviy va madaniy markazi Olmaotada esa “Kazinform“ xalqaro axborot agentligining filiali boʻlgan muxbirlar byurosi bor. Respublikaning barcha hududlarida 15 nafar oʻz muxbiri, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Iordaniyadagi muxbirlari dunyoda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar haqida xabarlar bilan agentlikni onlayn taʼminlab turibdi. “Kazinform“ Qozogʻiston yangiliklar internet-resurslarida mamlakatdagi eng ishonchli va eng obyektiv TOP-10 OAV qatoridan oʻrin olgan.
“Kazinform“ materiallarini kuniga oʻrta hisobda 100 ming kishi oʻqiydi. Shuningdek, dunyoning 229 davlati fuqarolari agentlik materiallaridan foydalanadi. Bugun “Kazinform” agentligi Facebook, Moy mir, VKontakte, Twitter, Odnoklassniki, Google+, Instagram, WeChat kabi ijtimoiy tarmoqlarda oʻz materiallari bilan faol ishtirok etmoqda. “Kazinform“ xalqaro axborot agentligi kanal va sahifalariga ijtimoiy tarmoqlarda obuna boʻlganlarning soni 200 mingdan oshib ketdi.
Agentlik 2015-yil dekabrda ISO 9001:2008 sifat standartlari talablariga javob beradigan menejment tizimi sertifikatsiyasidan oʻtdi. “Kazinform“ OANA axborot agentligi xalqaro assotsiatsiyasining (Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari axborot agentliklari tashkiloti) aʼzosi, shuningdek, MDH davlatlari milliy axborot agentliklari assotsiatsiyasining, Turk tillilar davlatlari axborot agentliklari tashkilotining, Madaniyat va sanʼatni hamkorlikda taraqqiy ettirish TYURKSOY xalqaro tashkilotining, VARP – rus matbuoti Umumjahon assotsiatsiyasining, WAN IFRA – Umumjahon gazetalar assotsiatsiyasining ham aʼzosidir.
EFE (Ispaniya) – media agentligi, ITAR-TASS (Rossiya), IRNA (Eron), AGI (Italiya), YONHAP (Koreya Respublikasi), MONSAME (Moʻgʻuliston), Anadolu Agency (Turkiya), Kyodo (Yaponiya), MTI/DUNA (Vengriya), BTA (Bolgariya), NOVOSTI-MOLDOVA (Moldova), MOLDPRES, AzәrTAc (Ozarbayjon), TREND (Ozarbayjon), ARMENPRESS (Armaniston), BelTA (Belarus), MENA (Misr), Sinxua (Xitay), XOBAR (Tojikiston), KABAR (Qirgʻiziston), UkrInform (Ukraina), Tatar-Inform (Tatariston), Bashinform (Boshqordistan) kabi xorijiy axborot agentliklari “Kazinform” agentligining hamkorlari sanaladi.
Qozogʻistonning birinchi axborot agentligi 1920-yili ROSTAning Orenburg-Toʻrgʻay boʻlimi sifatida tashkil topdi. 1925-yili unga KazROST nomi berildi. 1937-yili axborot agentligi Qozogʻiston SSR Ministlar Soveti ixtiyoriga berilib KazTAG deb nomlana boshladi. Agentlik nom va mavzulari oʻzgara borib 2002-yili KazAAG “Qozogʻiston Milliy axborot agentligi“ aksionerlik jamiyati – “NK “KAZINFORM“ nomi bilan yuritildi. 2008-yili AO “NK “KAZINFORM“ tarkibiga “Arna-Media“ – Milliy axborot xoldingi kiritildi. 2013-yili esa bugungi “Kazinform“ xalqaro axborot agentligi tashkil etildi.
Qozogʻiston hukumati mamlakat Moliya vazirligining Davlat mulki va uni privatizatsiya qilish qoʻmitasi orqali “Kazinform“ xalqaro axborot agentligining taʼsischi boʻlib hisoblanadi. Jamiyatga egalik qilish va uning davlat ulushidan foydalanish huquqi Qozogʻiston Respublikasining Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi ixtiyoriga berilgan.
Qozogʻiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan 2011-yili “Qozogʻiston axborot agentligi“ Milliy kompaniya“siga “Qozogʻiston“ respublika teleradiokorporatsiyasi kelib qoʻshiladi. 2013-yili esa “Qozogʻiston“ respublika teleradio
kompaniyasi aksionerlik jamiyati boshqaruvining qarori bilan “Kazinform“ xalqaro axborot agentligi roʻyxatdan oʻtadi.
Agentlikning boy fotoarxivi mavjud. “Kazinform“da shuningdek, hududiy yangiliklar lentasi tayyorlanib tezkor surʼatda buyurtmachilarga yetkazib beriladi. Agentlik “Kazinform“ axborotlarini RSS kanali orqali onlayn servis yordamida buyurtmachilarga maʼqul shaklda tayyorlangan variantini berish imkoniyatiga ham ega.
Kuniga “Kazinform“ saytiga 12 mingdan 40 mingga qadar qozogʻistonlik va boshqa davlatlar fuqarolari kirib tezkor, obyektiv va eksklyuziv axborotlar bilan tanishadi.