Katta Jorj Bush vafot etdi
AQSHning sobiq prezidenti Jorj Bush 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning matbuot xizmati tomonidan shanba kuni eʼlon qilingan bayonotda maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda TASS
AQSHning sobiq prezidenti Jorj Bush 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning matbuot xizmati tomonidan shanba kuni eʼlon qilingan bayonotda maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda TASS.
“Jorj Gerbert Uoker Bush - Ikkinchi jahon urushi vaqti AQSH harbiy dengiz kuchlarining uchuvchisi va AQSHning 41-prezidenti 2018 yil 30 noyabrda vafot etdi. U 94 yoshda edi”, - deyiladi hujjatda. Uning vakillari Katta Bushning besh farzandi, 17 nafar nabirasi va 8 evarasi borligini alohida qayd etgan. Matbuot xizmati dafn marosimining vaqti va joyi haqida yaqin vaqt ichida eʼlon berishga vaʼda qildi.
Bushning rafiqasi Barbara Pirs joriy yil boshida vafot etgandi. Uning katta oʻgʻli Jorj Bush AQSHning 43-prezidenti, ikkinchi oʻgʻli Jeb Bush esa Florida shtatining gubernatori vazifasida ishlagan.
Soʻnggi yillarda sobiq davlat rahbari Parkinson kasalligidan aziyat chekib kelayotgandi va faqat nogironlar aravachasi yordamida harakatlana olar edi.
Jorj Bushning vafoti munosabati bilan bir qator davlat rahbarlari oʻz taʼziyalarini eʼlon qilishdi.
Eslatib oʻtamiz, Katta Jorj Bush 1989-1993 yillarda AQSHni boshqargan.