Kaskad usulidagi seminar-treninglar qanday samara beradi?
Joriy yil yakuniga qadar 20 mingdan ziyod maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxasssislarini qamrab olgan holda hududlarda uch bosqichli kaskad usulida pedagoglar kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mazkur loyiha doirasida maktabgacha ta’lim tizimining hududlardagi 28 nafar ko‘p yillik tajribaga ega pedagoglari trenerlar sifatida tayyorlandi.

Ushbu trenerlar endilikda hududlarda 414 nafar trenerni tayyorlaydi va birgalikda respublikamizning barcha tuman (shahar)larida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun seminar-treninglar tashkil etadi.
Mazkur-seminar treninglarni tashkil etishdan maqsad maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini yanada oshirishdir, deyiladi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Mohigul Qosimova, O‘zA