Kasbiy ta’lim - kelajakka kafolat
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida yurtimizning barcha hududlaridan ko‘zi ojiz, eshitish va harakat-tayanch a’zolarida nogironligi bo‘lgan 350 nafar o‘quvchi tahsil oladi.
Bugungi kunda texnikumda raqamli axborotlarni qayta ishlash, kompyuter grafikasi va dizayni operatori, tikuvchilik, teleradio apparatlarini, maishiy texnika jihozlarini ta’mirlash, kosibchilik, oshpazlik kabi yo‘nalishlarda kasbiy ta’lim berilmoqda.
[gallery-24151]
Texnikumda navbatdagi o‘quv yili yakunlangani munosabati bilan “Oq yo‘l senga, bitiruvchi!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ustozlar, o‘quvchi-yoshlar va ota-onalar ishtirok etgan tadbirda 156 nafar bitiruvchiga diplom topshirilib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu texnikum ayni paytda Investitsiya dasturi asosida qayta ta’mirdan chiqarilmoqda.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA