Kasallanish ko‘payib borishiga nima sabab bo‘lmoqda?
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishi davom etmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus qayd etilishi keskin oshayotgani afsus bilan qayd etildi. 2021 yil 16 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86338 (+316) nafarni tashkil etmoqda. Ya’ni, bir kunda kasallikka chalinganlar soni uch yuzdan oshdi. Ayniqsa. Bu kasallik yoshlar o‘rtasida ko‘payayotgani xavotirlidir.
Buning asosiy sababi, beparvolik ekani aytildi. Jamoat joylarida sanitariya-gigiyena holatlariga rioya qilmaslik, to‘ylarni yana avvalgi holatlarda o‘tkazish holatlari uchramoqda.
Yig‘ilish davom etmoqda.
O‘zA