Kasaba uyushmalari kuni tantanali nishonlandi
Jizzax viloyati hokimligi anjumanlar saroyida 11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda viloyat hokimligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat Kengashi, boshqarma, muassasalar rahbarlari, hamkor tashkilotlar, kasaba uyushmalari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Rustam Xolmatov va boshqalar so‘zga chiqib, barchani bayram bilan samimiy qutladi.
Bugun kasaba uyushmalari umumxalq tashkilotiga aylanib borayotgani, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda uyushma a’zolari tomonidan tashabbuskorlik namunasi ko‘rsatilayotgani alohida ta’kidlandi.
Ayni paytda Jizzax viloyati kasaba uyushmalari o‘z safida 248 mingdan ortiq a’zoni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashga yaqindan ko‘maklashmoqda.
Bayram tadbirida Kasaba uyushmalari federatsiyasi e’lon qilgan: “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” hamda “Ehtirom nishoni” va “Eng yaxshi shifokor” singari tanlovlar g‘oliblariga diplom hamda pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-14525]
A.Qayumov, J.Yorekov (surat),
O‘zA muxbirlari