Kasaba uyuşmalari kuni keng nişonlandi
Inson qadri, avvalo, uning mehnatiga berilgan baho, huquq va manfaatlarining himoyalangani munosib hayot keçirişi uçun yaratilgan şaroitlarda namoyon böladi. Ana şu mezonlar ustuvor bölgan jamiyatda kasaba uyuşmalarining örni beqiyos. Sirdaryoda mehnatkaşlar manfaatlarini himoya qiliş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va inson qadrini uluğlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar Özbekiston kasaba uyuşmalari kuniga bağişlangan bayram tadbirida yana bir bor eʼtirof etildi.
11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida «Yangi Özbekiston — yangi kasaba uyuşmalari» şiori ostida bayram tadbiri taşkil etildi.
Guliston şahridagi «Navröz» tantanalar uyida bölib ötgan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Faxriylar kengaşi raisi Adham Mirjalilov, Federatsiya vakillari, viloyat kengaşi raisi Rustambek Tursunmurodov, soha rahbarlari, kasaba uyuşmalari faollari va faxriylar iştirok etişdi.
Tadbirda mamlakatimizda kasaba uyuşmalari tizimini rivojlantiriş, mehnatkaşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda Sirdaryo viloyatida erişilayotgan natijalar xususida söz yuritildi.
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda: «Heç şubhasiz, biz erişayotgan natijalarda 8 million aʼzoga ega, eng xalqçil va katta nodavlat taşkiloti bölgan kasaba uyuşmalarining munosib hissasi bor».
Darhaqiqat, bu eʼtirof zamirida kasaba uyuşmalarining xalq hayotiga tobora çuqur kirib borayotgani, inson qadrini uluğlaş, odamlarning oğirini yengil qiliş, ularning dardu taşvişlariga hamdard böliş va el-yurt xizmatiga kamarbasta turişdek ezgu maqsadlar mujassam.
[gallery-32392]
Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 216 ming nafar aʼzoni birlaştirgan 1 400 dan ortiq boşlanğiç kasaba uyuşmasi taşkilotlari faoliyat yuritmoqda. Ularning saʼy-harakatlari bilan ötgan davrda 187 nafar işçi-xodimning mehnat huquqlari tiklanib, ular foydasiga qariyb 1,5 milliard söm mablağ undirib berildi. Bu raqamlar ortida öz haq-huquqlarini tiklagan, mehnatiga yaraşa haq olgan va ijtimoiy adolat qaror topişiga erişgan yuzlab insonlarning taqdiri mujassam.
Mehnat muhofazasi yönalişida ham salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, 45 ta korxona va taşkilotda xodimlarning hayoti va salomatligiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan 650 dan ziyod kamçilik aniqlanib, ularni bartaraf etiş çoralari körildi. Bu esa iş joylarida xavfsizlik talablariga rioya etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, xodimlar salomatligini muhofaza qiliş borasidagi tizimli işlarning amaliy samarasidir.
Kasaba uyuşmalari faoliyatining yana bir muhim yönalişi — xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, mazmunli dam olişini taşkil etiş hamda soğlomlaştirişdir. Jumladan, yozgi mavsumda viloyat böyiça 2 ming nafardan ziyod bolaning oromgohlarda mazmunli hordiq çiqarişi taşkil etildi. Şuningdek, 1 400 nafardan ortiq xodim va ularning oila aʼzolari, 8 nafar baynalmilal uruş va mehnat fronti faxriysi tizimga qaraşli sihatgohlarda imtiyozli asosda soğlomlaştirildi.
Bundan taşqari, «Ayollar daftari» tizimi doirasida mutasaddi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda qariyb 28 ming nafar xotin-qizning muammolarini fuqarobay örganiş va hal etişga kömaklaşiş borasida ham muhim işlar olib borilmoqda. Bu taşabbuslar kasaba uyuşmalarining nafaqat mehnat jamoalarida, balki jamiyat hayotidagi dolzarb ijtimoiy masalalarni hal etişda ham faol iştirok etayotganini körsatadi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov tadbirda sözga çiqib, yiğilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. U öz nutqida kasaba uyuşmalari mehnatkaşlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, munosib hamda xavfsiz mehnat şaroitlarini taʼminlaş, inson qadrini uluğlaş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan islohotlarni amalga oşirişda muhim örin tutişini alohida taʼkidladi.
Bayram tadbirida sohada samarali mehnat qilib, kasaba uyuşmalari faoliyatini rivojlantirişga munosib hissa qöşayotgan faollar ham eʼtirof etildi. Xususan, 5 nafar boşlanğiç kasaba uyuşmasi qömitasi raisiga viloyat hokimligining Faxriy yorliqlari, tarmoq kasaba uyuşmalarining faol va taşabbuskor vakillariga esa Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi viloyat kengaşining taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Taqdirlanganlar orasida Boyovut tumanidagi 19-sonli umumiy örta taʼlim maktabi jamoasi ham bor. Maktabda taʼlim-tarbiya işlari bilan bir qatorda, atrof-muhitni obodonlaştiriş va yaşil hududlarni kengaytiriş borasida ham ibratli taşabbus amalga oşirilmoqda.
— Bir yil muqaddam muhtaram Prezidentimiz kasaba uyuşmalari faollari va faxriylari bilan uçraşuvda «Kasaba uyuşmalari boğlari»ni taşkil etiş taşabbusini ilgari surgan edilar. Bu ğoya bizga ham katta rağbat bağişladi. Maktabimiz hududida mavjud boğimiz yoniga alohida kasaba uyuşmasi boğini taşkil etdik. Hududimizning iqlim şaroiti, tuproq unumdorligi va köçatlarning ösiş xususiyatlarini hisobga olgan holda 15 turdagi manzarali va mevali daraxtlarni tanladik. Eʼtiborlisi, köçatlarni sotib olmadik, balki uruğdan yetiştirib, özimiz parvarişladik.
Bugun maktabimiz hududida yetiştirilgan köçatlar soni 15 mingdan oşdi. Voyaga yetgan köçatlarning bir qismini sotuvga çiqarib, qöşimça daromad ham olyapmiz. Köçatçilik boğimiz va kasaba uyuşmasi boği alohida yönalişlarda faoliyat yuritadi. Kasaba uyuşmasi boğini yaratişda jamoamizning har bir aʼzosi öz hissasini qöşdi. Şu bois ham hamkasblarimiz bu maskanni «özimizning boğimiz» deya faxr bilan tilga olişadi.
Bugungi bayramda maktabimiz jamoasi «Eng faol kasaba uyuşmasi jamoasi» nominatsiyasi böyiça Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi taşakkurnomasi va esdalik sovğasi bilan taqdirlandi. Bu esa bizga yanada kuç va rağbat bağişladi. Boşlagan ezgu işlarimizni davom ettirib, atrofni yaşillikka burkaş, kasaba uyuşmasi boğini yanada rivojlantiriş niyatidamiz. Zero, insondan kelgusi avlodlarga yaxşi amallar, ezgu sözlar va boğ-roğlar meros qoladi. Bizning maqsadimiz ham ana şunday xayrli işlar bilan iz qoldiriş, — deydi maktab direktori Muhtaram Hasanova.
Darhaqiqat, maktab jamoasining uşbu taşabbusi kasaba uyuşmalari faoliyatining yana bir muhim qirrasini namoyon etadi. Zero, bugun ekilayotgan har bir köçat kelajak avlod uçun soğlom muhit, obod maskan va ezgulik ramzi bölib xizmat qiladi.
Bayram tadbiri mehnat faxriylari va kasaba uyuşmalari faollariga körsatilgan ehtirom, samimiy tabriklar hamda badiiy çiqişlar bilan davom etdi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA