Karantin qoidalarini buzganlar jazolanadi
Sirdaryo viloyati hududiga koronavirus kasalligini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha viloyat maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, joriy yilning 27-mart kuni soat 00:01 dan boshlab Guliston shahriga kirish va chiqish vaqtincha toʻxtatildi.

Ushbu cheklovlar yuk tashish bilan bogʻliq holatlar, shuningdek, shaharda doimiy yashovchi shaxslarga Guliston shahriga kirish uchun, viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan masʼul xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Guliston shahriga kirish-chiqish faqatgina ikkita yoʻnalish boʻyicha, yaʼni, birinchisi Guliston shahri Guliston koʻchasiga yoʻl oʻtkazgich koʻprik orqali hamda Guliston shahriga Doʻstlik qoʻrgʻoni orqali Xondamir koʻchasiga kirib chiqish tashkil etilgan Karantin postlari orqali transport vositalari va yoʻlovchilar dezinfeksiya qilingan holda kiritilib, chiqarilmoqda. Guliston shahriga boshqa yoʻnalishlardan kirib-chiqish joylari toʻliq yopildi.
Shuningdek, ushbu qarorda, qoʻyilgan cheklovlar hamda karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilishi maʼlum qilingan.