Karantin qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima belgilanmoqda
Toshkent viloyatida ham koronavirus tarqalishining oldini olish, bu borada karantin qoidalariga amal qilinishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Toshkent viloyatida ham koronavirus tarqalishining oldini olish, bu borada karantin qoidalariga amal qilinishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasining Qibray tumani filiali tomonidan viloyat IIBB YHXB bilan hamkorlikda tumanning Oʻnqoʻrgʻon hududida maxsus reyd oʻtkazildi.
Reyd davomida karantin qoidalariga rioya etmagan 12 nafar huquqbuzarga nisbatan jarima choralari qoʻllanildi. Shuningdek, tumandagi “TashGRES” va “Doʻrmon” postlarida oʻtkazilgan reyd davomida karantin qoidalariga rioya etmagan 5 nafar avtomashina egasining har biriga 1 million 115 ming soʻmdan, jami 5 million 575 ming soʻm jarima choralari qoʻllanildi.