“Kaptarxona” oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyadan so‘ng ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona tumanidagi “Kaptarxona” oilaviy shifokorlik punkti to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida qo‘shimcha bino barpo etildi.
Mazkur loyiha Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan 1 milliard so‘m hamda “Tashabbusli byudjet” loyihasi orqali yo‘naltirilgan 1 milliard 350 million so‘m, jami 2 milliard 350 million so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirildi. Shu bilan birga, muassasaning tibbiy jihozlari ham to‘liq yangilandi.
Yangidan foydalanishga topshirilgan oilaviy shifokorlik punkti 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 12 ming 400 nafardan ortiq aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Muassasaning kunlik qabul quvvati 50 nafarni tashkil etadi.
[gallery-30292]
Oilaviy shifokorlik punkti mudirasi Muhabbat Ismoilovaning ta’kidlashicha, qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va qulayligini oshirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar fuqarolar salomatligini mustahkamlash va ularning hayot sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA