Kannavaro: “Ronalduga bir santimetr ham bo‘shliq berib bo‘lmaydi”
Men faoliyatim davomida uni ko‘p bora to‘xtatganman, ammo u mening jamoalarim darvozasiga ham ko‘plab gollar urgan.
Fabio Kannavaro JCH–2026 guruh bosqichida O‘zbekiston ustidan qozonilgan 5:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Krishtianu Ronalduning o‘yini haqida fikr bildirdi.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ronalduning mahoratini yuqori baholab, unga maydonda eng kichik imkoniyatni ham berib bo‘lmasligini ta’kidladi.
"Ronalduni bir santimetr ham bo‘sh qoldirib bo‘lmaydi. Agar shunday qilsangiz, tamom bo‘lasiz. Men faoliyatim davomida uni ko‘p bora to‘xtatganman, ammo u mening jamoalarim darvozasiga ham ko‘plab gollar urgan.
Men futbolchilik faoliyatimni allaqachon yakunlaganman, u esa hali ham o‘ynamoqda. Uni tabriklayman. U yana bir necha yil futbol o‘ynay olsa, nega to‘xtashi kerak?", — dedi Kannavaro.
Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda dubl muallifiga aylandi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.