Kanadada 39 retro vagon izdan chiqib ketdi
Kanadaning Alberta provinsiyasida 39 ta yuk tashiladigan vagon relsdan chiqib ketdi, deyiladi Trend agentligining TASS ma’lumotiga tayanib tarqatgan xabarida.
Hodisa provinsiyaning janubi-sharqiy qismida Ensayn aholi punktiga yaqin joyda ro‘y bergan. Mazkur tarkib Canadian Pacific Railway kompaniyasiga tegishli bo‘lgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bir necha sisternada avvallari propan va ammiak kabi xavfli ximikatlar tashilgan ekan.
Xabarda keltirilishicha, ushbu hodisadan hech kim jabrlanmagan. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.