Kadrlar tarkibida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Sirdaryo viloyatida rahbarlik lavozimlariga bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Sirdaryo viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan, Tojiddinov Sardor Pirimqulovich Sirdaryo viloyati hokimining maslahatchisi — Axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Sardor Tojiddinov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Sirdaryo viloyati filiali boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Kattabekova Dilobar Ismatovna Sirdaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Dilobar Kattabekova mazkur tayinlovga qadar Guliston davlat universitetida mas’ul lavozimda faoliyat yuritgan.

Yana bir tayinlovga ko‘ra, Tojiboyev Isroil Shukurjonovich Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori etib tayinlandi. Isroil Tojiboyev bunga qadar mazkur direksiyaning Guliston shahri bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri