Jumayeva Dilnoza Baxshulloyevnaning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tinish belgilarning korpusda berilishi va punktuatsion xatolarni aniqlovchi kompyuter dasturini yaratish texnologiyasi” mavzusida
Jumayeva Dilnoza Baxshulloyevnaning 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligida “Tinish belgilarning korpusda berilishi va punktuatsion xatolarni aniqlovchi kompyuter dasturini yaratish texnologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-sentabr kuni soat 9:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200118, Buxoro shahri, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy. Buxoro davlat universiteti.
Tel.: (99865) 221-29-14
e-mail: buxdu_rektor@buxdu.uz