Joze Mourinyo: «Sport va siyosat — alohida narsalar, Eron JCh-2026 da o‘ynashi shart»
Eron terma jamoasi guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
Portugaliyaning «Benfika» klubi ustozi Joze Mourinyo Eron terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi kerak deb hisoblaydi.
«Sport va siyosat — bular mutlaqo boshqa-boshqa narsalar. Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan eronlik futbolchilar ushbu turnirning bir qismi bo‘lishga loyiqdirlar», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda Football-Italia nashri.
Ma’lumot uchun, mundial Shimoliy Amerikada 11-iyundan 19-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. nufuzli turnirga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Eron terma jamoasi guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.