Joshua Kimmix Germaniya terma jamoasining rekordchilaridan biriga aylandi
Kimmix nemislarning rekordchilaridan biriga aylandi.
Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisi Joshua Kimmix Germaniya terma jamoasi safida maydonga tushish bo‘yicha rekordchilar qatoridan joy oldi.
27-mart kuni Shveysariya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan bellashuvda nemislar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsni Joshua Kimmix asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu esa Kimmix uchun nemislar safidagi 107-o‘yin bo‘ldi va Germaniya terma jamoasi safida o‘yinlar soni bo‘yicha o‘nlikdan joy oldi. 4 karra Jahon chempionlari safida Kimmixdan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan futbolchilar Yurgen Klinsman (108), Filip Lam (113), Toni Kroos (114), Bastian Shvaynshtayger (121), Manuel Noyer (124), Lukas Podolski (130), Tomas Myuller (131), Miroslav Kloze (137) hamda Lotar Matteus (150) hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 30-mart kuni Ganaga qarshi o‘tkazadi.