Jorjina: “Ronaldu 50 yoshgacha ham o‘ynashi mumkin”
Jorjinaning ta’kidlashicha, Ronaldu har kuni futbolga ilk kunlardagi kabi katta motivatsiya bilan yondashadi.
Jorjina Rodriges Krishtianu Ronalduning 41 yoshida ham futbolga bo‘lgan ishtiyoqi saqlanib qolayotganini aytdi.
Jorjinaning ta’kidlashicha, Ronaldu har kuni futbolga ilk kunlardagi kabi katta motivatsiya bilan yondashadi.
"Men unga ko‘pincha: “Kris, senda hamma narsa bor, endi hayotdan biroz ko‘proq zavqlansang-chi”, deyman. U esa: “Sizlar men uchun hamma narsasiz, futbol esa mening ishtiyoqim”, deb javob beradi.
Ajablanarlisi shundaki, u bilan tanishgan kunimdagi futbolga bo‘lgan motivatsiyasi hozir ham o‘zgarmagan. U hech qachon o‘zini ayamaydi. Odamlar qachon faoliyatini yakunlashi haqida so‘rashadi. Ochig‘i, u 50 yoshgacha ham o‘ynashi mumkin", — dedi Jorjina.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etib, bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.