Jo‘rayevlar oilasi - tanlov g‘olibi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Shahrixon tumanida “Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilayotgan mazkur tanlov yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilaning har bir a’zosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadiga qaratilgan.
Viloyatda mazkur tanlovning quyi bosqichlarida 4 ming 478 nafar yosh kitobxon oila ishtirok etdi. Onlayn test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 oila tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
[gallery-18273]
Hududiy bosqichda “Segaza” mahalla fuqarolar yig‘inidan Jo‘rayevlar oilasi g‘olib, deb topildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA