Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, sektorlar va tegishli soha rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni loyihasi haqidagi masala ko‘rib chiqildi.
[gallery-8756]
Sessiya kun tartibida fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalarning qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi hamda Ma’muriy sudi raisining axboroti tinglandi. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti boshlig‘i axborot berdi.
Shuningdek, sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ayrim qo‘mitalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masalalar ko‘rib chiqilib, bu bo‘yicha deputatlarning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Maqsad HABIBULLAEV olgan surat), O‘zA