Jo‘qorg‘i Kenges raisi bolalarni bayram bilan qutladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalarni bayram bilan qutladi.
[gallery-29728]
Bugungi kunda yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida yoshlarning, bolalarning ta’lim olishi, salomatligining mustahkam bo‘lishi, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalari salomatligini tiklash maqsadida tashkil etilgan “Imkon” ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning o‘qib, bilim olishi va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgani ana shu yo‘nalishdagi amaliy ishlardan sanaladi. Ushbu muassasada tayanch-harakat apparatida nuqsonlari, bolalar serebral falaji bo‘lgan, psixik rivojlanishida kechikayotgan, autizm, zaif eshituvchi va ko‘ruvchi 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ambulator ravishda davolanadi. Tibbiy yordamga muhtoj ushbu bolalarni reabilitatsiya qilish yo‘lida tajribali mutaxassislar va pedagog ustozlar tunu kun fidokorona mehnat qilmoqda.
Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges raisi tomonidan bolalarga bayram munosabati bilan sovg‘alar topshirildi.
Bayram tadbiri bolalar ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA