Jo‘rabek xalqaro turnir g‘olibi
Rossiyaning Qozon shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda tennischimiz Jo‘rabek Karimov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Rossiyaning Qozon shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda tennischimiz Jo‘rabek Karimov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.O‘ttiz besh mamlakatdan yuzdan ziyod tennischi ishtirok etgan musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi bahslarida Jo‘rabek Karimov chorak finalda Buyuk britaniyalik Jeyms Storriy, yarim finalda rossiyalik Pavel Kotov ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi uchrashuvda rossiyalik Lev Kazakovni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.