Jizzaxda bahoriy yasharish, yangilanish tantanasi
Jizzax shahridagi O‘rda istirohat bog‘i bugun har qachongidanda gavjum bo‘ldi. Bog‘dagi ochiq tantanalar majmuasida namoyish etilgan konsert dasturlari, tashkil etilgan turli ko‘rgazmalaru ko‘ngilochar tadbirlar barchaga bahoriy xush kayfiyat bag‘ishladi.
Navro‘z taomlari bilan bezatilgan bayram dasturxoni, sumalak sayillari bayram ishtirokchilariga birdek manzur bo‘ldi. Shuningdek, tadbir davomida hunarmandlik buyumlari, xalq amaliy san’ati va rassomlarning ijodiy ishlaridan iborat ko‘rgazmalar namoyish etildi.
[gallery-1693]
Bayram tantanasida viloyat hokimi Ergash Soliyev ishtirok etib, bayram ishtirokchilarini yangilanish va yasharish bayrami – Navro‘z bilan muborakbod etdi.
Erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida boshlangan xalq sayli kun botgunga qadar davom etdi. Doshqozonlarda osh damlanib, sayil ishtirokchilariga tortiq etildi.
Jamshid YORBEKOV(surat), O‘zA