Jizzax viloyatida 11 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi
Joriy yilgi kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 179 ming 352 nafar abituriyent talabalikka tavsiya qilindi.
Hududlar kesimida talaba bo‘lgan abituriyentlarning soni bo‘yicha Samarqand viloyatidan eng ko‘p – 18 ming 989, Qashqadaryo viloyatidan esa 18 ming 595 nafar abituriyentlar talabalikka tavsiya qilinib viloyatlar orasida yetakchilik qildi.
Navoiy (9 ming 187 nafar) va Sirdaryo (5 ming 770 nafar) viloyatlari esa so‘nggi o‘rinlarni egalladi.
Jizzax viloyatidan 11 ming 12 nafar abituriyent talabalikka tavsiya qilindi.
O‘zA