Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Respublika Ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Do‘stlik tumanlari va Jizzax shahri aholisining xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolari xonadonlarida bo‘lib, ularning muammolarini o‘rgandi.
Xususan, xorijdagi mehnat migrantlari bilan telefon orqali bog‘lanib, ularning ish, hujjat va yashashi bilan bog‘liq muammolari aniqlanib, ularga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy vakolatxonalari orqali amaliy yordam berilishi tushuntirildi.
Shuningdek, mehnat migrantlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar, joriy etilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
***
Jizzaxda faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni qanchaga oshgani ma’lum bo‘ldi.
Joriy yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 1 ming 574 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 544 taga oshgan.
Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning soni viloyat bo‘yicha Jizzax shahriga (425 ta), eng kami esa Arnasoy tumaniga (11 ta) to‘g‘ri kelgan.

***
Arnasoy tumanining eksport prognozi joriy yil iyul’ oyi davomida 260 ming 400 AQSH dollar miqdorida belgilangan bo‘lib, amalda 520 ming 700 AQSH dollar yoki rejaga nisbatan 200 foizga bajarilgan.
Joriy yil boshidan hisoblanganda jami 2 million 35 ming AQSH dollari miqdorida eksport qilish rejasi belgilangan bo‘lib, amalda 2 million 549 ming 300 AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilgan.
2021 yil iyul’ oyida 935 million 400 ming so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, joriy yilning 7 oyi bilan birga hisobloanganda jami 3 milliard 754 million 400 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy innvestitsiyani tashkil qiladi.
Iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Markazlashmagan investitsiyalar hajmi joriy yilning 6 oyi davomida 13 milliard 649 million 800 ming so‘mga yetkazildi, bu esa aholi jon boshiga 292 ming 286 so‘mdanga to‘g‘ri keladi.

***
Mirzacho‘l tumanida 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 3 ming 746 nafarni tashkil etadi. Ulardan 3 ming 492 nafari yoki 93,2 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.
Bu haqda viloyat maktabgacha talim bo‘limi tomonidan ma’lum qilindi.
Mirzacho‘l tumanida hududida maktabgacha ta’lim muassasalari soni 47 ta bo‘lib, shundan 15 tasi davlat MTT, 2 tasi davlat xususiy sherikchiligi asosidagi MTT va 30 tasi oilaviy maktabgacha ta’limm tashkiloti hisoblanadi.
Joriy yil oxrigacha Mirzacho‘l tumanida bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasi 94 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.

***
Sharof Rashidov tumanida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida gemodializ bo‘limi va 2 ta qishloq oilaviy poliknilikasi ishga tushirildi.
Buyrak yetishmovchiligi kasalligini dasturli davolashga ixtisoslashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mazkur gemodializ bo‘limida jami 70 nafar vrach, hamshira va kichik tibbiy xodimlari ish bilan ta’minlandi.
100 nafar bemorni davolashga moslashtirilgan ushbu tibbiyot muassasasiga xorijda ishlab chiqarilgan buyrak yetishmovchiligini davolaydigan 10 dona “4800-S” tibbiyot apparati keltirildi.
Ushbu gemodializ bo‘limi jami 3 milliard 500 million so‘mlik tibbiyot uskuna va jihozlari bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, tumandagi “Kuyovboshi” va “G‘ozg‘on tepa” mahallalarida yangi qishloq oilaviy poliknilikalari ham ishga tushirildi.
A.QAYUMOV, O‘zA