Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining yigirma oltinchi sessiyasida, sektor rahbarlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxati asosida amalga oshirayotgan ishlar, Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha kiritgan axboroti yuzasidan mas’ul viloyat tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjet hisobidan amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi axborotlari eshitildi.
***
Joriy yilning 5 avgust kuni Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliyev G‘allaorol tuman hokimi Jaloliddin Oqboyev hamkorligida tumanining

ozaurug‘” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mutasaddilarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.
***
Arnasoy tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan Mahalla hayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 320 dona jo‘ja olib kelindi.

Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarga yaqindan ko‘mak berish maqsadida olib kelingan 60 kunlik 320 dona jo‘ja “Temir daftar”ga kiritilgan 16 ta xonadonga tarqatildi.
***
Zafarobod tumanida joylashgan "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha viloyat 3-sektor shatabi"da “Yoshlar daftari”da turgan yoshlar bandligini ta’minlash va ularni o‘z mehnatlari orqali moddiy daromad topishlarini ta’minlash maqsadida 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi 10 nafar yigit-qizga mehnat qurollari topshirildi.

Ushbu uskunalarni yoshlarga Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari G‘.Qodirov hamda tuman hokimi N.Radjapov topshirib, yoshlardan ushbu uskunalardan samarali va maqsadli foydalanishlarini ta’kidladi.
***
Jizzax viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakuniga yetdi va har bir nominatsiya bo‘yicha dastlabki o‘rin sohiblari respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi Nargiza Rafiyeva “Eng yaxshi metodist”, Do‘stlik tumani vakilasi Gulnoza Suyunova “Eng ijodkor tarbiyachi”, “Jizzax shahridan Nasiba Sodiqova “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, zarbdorlik Gulbahor Eshbekova “Eng yaxshi g‘oya muallifi” hamda Zomin tumanida yashovchi Feruza Komilova “Mohir qo‘l ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi va endi ular ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida viloyat sha’nini himoya qiladi.
***
Jizzax viloyatida joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida aholidan tushgan murojaatlarning 448 tasi qayta o‘rganilishi lozim deb belgilangan.
Joriy yilning 4 avgustiga qadar o‘rganilgan murojaatlar 199 ta, ya’ni 44,4 foizni tashkil etib, shundan 169 ta murojaat ijobiy hal etilib, o‘z yechimini topdi.
***
Baxmal tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan “100 savolga 100 javob ” seminar-treningda ishtirok etdi.
Seminar treningda 1-sektor hududidagi 90-, 93- va 94-saylov uchaskalari rais, o‘rinbosar, kotiblari tuman hokimi M.Anarbayev, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali katta o‘qituvchisi O.Ortiqov, volontyor o‘qituvchi Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fani o‘qituvchisi V.Jalilov boshchiligida o‘qitilmoqda.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA