Jinoyatchilikka qarshi kurashish davom etmoqda
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani IIB va Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida tuman hududini jinoyatdan xoli hududga aylantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha kengaytirilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.
Tadbirlar davomida tungi vaqtda bemaqsad yurgan 10 nafar shaxs tuman IIB binosiga olib kelinib, profilaktik suhbat o‘tkazildi. Ulardan 4 nafari mast holatda ekanligi aniqlanib, narkologiya dispanseriga joylashtirildi. 1 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida tuman hududida qarovsiz qoldirilgan 12 ta narsa-buyumlar kimga tegishli ekanligiga aniqlik kiritildi. Shuningdek, tadbirlar davomida 90 nafar shaxs tayanch punktiga olib kelindi va ular bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, 37 nafar shaxs profilaktik hisobga olindi, 30 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, tuman hududida tungi vaqtlarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan YHXB xodimlari tomonidan 8 nafar avtomashinasini mast holatda boshqargan shaxslar va 1 ta noqonuniy tonirovka qilingan mashina aniqlangan. Shuningdek, 15 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 6 ta avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Tuman hududida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida tadbirlar davom etmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA