Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ona voyaga yetmagan qizning yuzi, qo‘li va tanasining boshqa qismlariga qizigan kapgir bosib qiynagani haqida suratlar va ma’lumotlar tarqaldi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro M.J. (1990 yili tug‘ilgan ayol) joriy yilning 25 oktyabr kuni uyining oshxonasida 2015 yili tug‘ilgan qizi B.A. ning qo‘llari va yuz qismiga qizigan oshxona temir “kapgir”ni bosib, qiziga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda voyaga yetmagan qizaloq tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zaruriy tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati Shofirkon tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan qizning onasiga nisbatan jinoyat kodeksining 126 (1)-moddasi 3-qismi (Oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘rganish olib borib, o‘z rasmiy munosabatini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri.