JCh-2026: Shvetsiya terma jamoasining yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi
Saralash bosqichining guruh bosqichida kutilmaganda so‘nggi o‘rinni egallagan bo‘lsada, pley-off (o‘tish) o‘yinlarida Ukraina va Polsha terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "vikinglar" musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Futbol bo‘yicha Shvetsiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etuvchi futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Saralash bosqichining guruh bosqichida kutilmaganda so‘nggi o‘rinni egallagan bo‘lsada, pley-off (o‘tish) o‘yinlarida Ukraina va Polsha terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "vikinglar" musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Terma jamoaning yakuniy tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar: Yuxansson, Nurdfeldt, Videll-Setterstryom.
Himoyachilar: Ekdal, Gudmundsson, Xin, Xolm, Lagerbilke, Lindelyof, Smit, Starfelt, Strud, Svensson.
Yarim himoyachilar va hujumchilar: Ali, Ayari, Bergvall, Bernxardsson, Elanga, Dyokeresh, Isak, Chelstryom, Nilsson, Nyugren, Sema, Svanberg, Zeneli.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya terma jamoasi jahon chempionatining "F" guruhidan joy olgan bo‘lib, guruh bosqichida Niderlandiya, Tunis va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.