JCH–2026 sensatsiyasi: Kabo-Verde darvozaboni 29,4 million yangi obunachiga ega bo‘ldi
Manbaga ko‘ra, mundial davomida 40 yoshli darvozabonning ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari soni 30 mingdan 29,43 millionga yetdi. Shu tariqa u 29,4 million yangi obunachi to‘pladi.
JCH–2026 yakunlariga ko‘ra, Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p auditoriya orttirgan futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sportico xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mundial davomida 40 yoshli darvozabonning ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari soni 30 mingdan 29,43 millionga yetdi. Shu tariqa u 29,4 million yangi obunachi to‘pladi.
Bu borada birinchi o‘rinni Norvegiya hujumchisi Erling Holand egalladi. U 32,1 million yangi obunachi orttirib, umumiy auditoriyasini 72,7 million nafarga yetkazdi.
Reytingning uchinchi pog‘onasidan Angliya yarim himoyachisi Jud Bellingem (+12 mln) joy oldi. Keyingi o‘rinlarda Krishtianu Ronaldu (+11,4 mln), Lamin Yamal (+11 mln), Neymar (+7,7 mln) va Lionel Messi (+7,5 mln) qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vozinya boshchiligidagi Kabo-Verde terma jamoasi JCH–2026da 1/16 finalgacha yetib bordi. Afrika vakili qo‘shimcha bo‘limlarda bo‘lajak finalchi Argentina terma jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.