JCh-2026: Futbol muxlislari uchun ajoyib imkoniyat – Viktorinada qatnashing va qimmatbaho sovrinlar egasiga aylaning!
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mamlakatimiz terma jamoasi ilk marta qatnashayotgan tarixiy Jahon chempionatiga o‘zgacha hozirlik ko‘rmoqda.
AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida start olish arafasida turgan futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati butun dunyo millionlab muxlislarini o‘ziga rom etmoqda.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mamlakatimiz terma jamoasi ilk marta qatnashayotgan tarixiy Jahon chempionatiga o‘zgacha hozirlik ko‘rmoqda. Xususan, avvalroq mundial uchun maxsus jch.uza.uz sayti hamda @uzasport Telegram kanalini ishga tushirgan edik.
O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun musobaqani yanada qiziqarliroq o‘tkazish maqsadida O’zA tashabbusi bilan maxsus loyiha — JCh-2026 Viktorinasi tashkil etildi.

@uza_viktorina_bot Telegram botida o‘tkaziladigan Viktorina futbol muxlislariga tahliliy qobiliyatlarini namoyon etish va qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkonini beradi.
Futbol tahlili – g‘oliblik sari yo‘l:
JCh-2026 Viktorinasida ishtirokchilar nafaqat o‘yinlarning aniq hisobini, balki pley-off bosqichidagi juftliklarni ham oldindan taxmin qilishlari mumkin, bu esa shunchaki omad emas, balki chuqur tahliliy bilimlarni ham talab etadi.

Viktorinada alohida "Bonus savollar" ham bor. Masalan, O‘zbekiston terma jamoasining ilk goliga kim mualliflik qiladi, O‘zbekiston MTJ guruhda necha ochko to‘playdi, nechta gol uradi yoki qaysi bosqichgacha yetib boradi, kabi savollarga ham o‘z taxminingizni qoldirishingiz mumkin.

Munosib taqdirlash tizimi
Loyihaning ko‘lami va jiddiyligi sovrinlarda ham o‘z aksini topgan.
1-o‘rin: iPhone 17 Pro Max (512 GB)
2-o‘rin: Apple MacBook Air (13-inch M5)
3-o‘rin: PlayStation 5 Pro Console (2TB)
4-5-o‘rinlar: PlayStation 5 console (1TB)
6-10-o‘rinlar: Apple Watch SE 3
11-50-o‘rinlar: O‘zbekiston terma jamoasi futbolkasi
51-100-o‘rinlar: futbol to‘pi
Qanday ishtirok etish mumkin?
Viktorinada qatnashish uchun eng avvalo Telegramdagi @uza_viktorina_bot botida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Taxminlar qoldirish, bonus savollarga javob berish, pley-off juftliklarini tanlash, reyting jadvalini ko‘rish kabi funksiyalar ham ayni shu bot orqali ishlaydi.
Futbol — bu shunchaki o‘yin emas, bu katta hayajon. Jahon chempionatini biz bilan birga kuzating, tahlil qiling va g‘alaba qozoning!
Ma’lumot uchun: Musobaqa qoidalari va ishtirok etish tartibi haqidagi to‘liq ma’lumotlar JCH-2026 viktorinasi telegram boti sahifasida keltirilgan.