JCh-2026 finalini boshqargan taniqli referi Slavko Vinchich hakamlik faoliyatiga yakun yasadi
Vinchich xalqaro maydonlarda 2010 yildan buyon FIFA hakami maqomida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Taniqli FIFA referisi Slavko Vinchich oʻz hakamlik faoliyatiga nuqta qoʻydi. Bu haqda Sloveniya futbol ittifoqi rasmiy maʼlumot tarqatdi.
46 yoshli sloveniyalik hakam joriy yilning 19 iyul kuni JCh-2026 musobaqasining Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari oʻrtasida kechgan hamda qoʻshimcha vaqtlarda 1:0 hisobida yakunlangan final bahsini boshqargan edi. Ushbu muhim uchrashuvdagi yuqori saviyadagi faoliyatidan soʻng, Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan turnirning eng yaxshi referisi deb eʼtirof etilgandi.
Vinchich xalqaro maydonlarda 2010 yildan buyon FIFA hakami maqomida faoliyat yuritib kelayotgan edi.