“Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlari boshlandi
Yurtimizning barcha hududlarida“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Navoiy viloyatida bu jarayon Bilim va malakalarni baholash agentligi hududiy bo‘limi binosida tashkil etildi.
Unda talabgorlar ona tili hamda matematika fanlaridan test sinovlarini topshirdi.
“Jasorat maktablari”ga kirish uchun viloyat bo‘yicha umumta’lim maktablarining 4-sinfini tugatgan 854 nafar o‘quvchi ariza topshirgan edi.
[gallery-30163]
“Jasorat maktablari” viloyatning 11 ta tuman va shaharlarida tashkil etilgan bo‘lib, har bir hududdagi maktablarga 26 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.
Tanlovning ikkinchi bosqichida o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovdan o‘tadi.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari