Jasorat: Bobur Abdulhamidovich G‘aniyev (+video)
"9-may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida yurtimiz tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar yodini abadiylashtirish maqsadida "Qahramonlar nomi — barhayot" shiori ostida "Jasorat" loyihasini taqdim etadi.
Bobur Abdulhamidovich G‘aniyev 1977-yil 14-oktabrida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida tug‘ilgan.
Marg‘ilon shahridagi 28 son umumta’lim maktabining 8 sinfini 1992-yilda tamomlagan. 1992–1995-yillarda Marg‘ilon tijorat texnikumida tahsil olgan.
1995–2000-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakultetini bitirib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ofitser sifatida xizmat faoliyatini boshlagan.
2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Bobur G‘aniyevga "leytenant" harbiy unvoni berilgan. Shu yilning mart oyida Toshkent viloyatidagi maxsus operatsiyalar kuchlari batalonida harbiy xizmatni boshlagan.
2000-yil may oyidan boshlab esa mazkur harbiy qismda maxsus operatsiyalar kuchlari batalonida komandir o‘rinbosari lavozimida xizmatini davom ettirgan.
2000-yil 4-avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bosqinchi to‘dalarga qarshi kechgan jangovar harakatlarda xizmat burchini ado etayotgan paytda halok bo‘lgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0lmZJPEdh3o" title="Jasorat: Bobur Abdulhamidovich G`aniev " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>