JARning ham mundial uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum
Janubiy Afrika Respublikasi milliy futbol terma jamoasi murabbiylar shtabi 2026-yilgi jahon chempionati oldidan jamoaning kengaytirilgan tarkibini ma'lum qildi.
Janubiy Afrika Respublikasi milliy futbol terma jamoasi murabbiylar shtabi 2026-yilgi jahon chempionati oldidan jamoaning kengaytirilgan tarkibini ma'lum qildi. Afrika vakilining turnir uchun yakuniy qaydnomasi 27-may kuni e'lon qilinadi.
Darvazabonlar: Ronven Uilyams, Rikardo Goss, Brendon Peterson, Sifo Cheyn.
Himoyachilar: Xuliso Mudau, Olvetxu Maxanya, Bredli Kross, Tabiso Monyane, Tabang Matuludi, Nkosinati Sibisi, Obrey Modiba, Mbekezeli Mbokazi, Ime Okon, Samukelo Kabini.
Yarim himoyachilar: Teboxo Mokoena, Jeyden Adams, Bruklin Poggenpoel, Leboxang Maboe, Talent Mbatxa, Yaya Sitxole.
Hujumchilar: Osuin Appollis, Tshepang Moremi, Evidens Makgopa, Layl Foster, Ikraam Reyners, Releboxil Mofokeng, Temba Zvane, Patrik Masvanganyi, Tapelo Morena, Tapelo Maseko, Kamogelo Sebelebele.
JCh-2026da JAR terma jamoasi A guruhida ishtirok etadi. Uning raqiblari Meksika milliy futbol terma jamoasi, Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi va Chexiya milliy futbol terma jamoasi bo'ladi.
2026-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatining final bosqichida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha bo'lib o'tadi.