Janubiy Koreya o‘zining ilk raketa-tashuvchini uchirdi
"Nuri" (KSLV-II), deb nom berilgan ushbu raketa 2010 yilda ishlab chiqilgan edi.
“Naro” kosmodromida raketa parvoziga start berilishi TVda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilib borildi. Mazkur kosmodrom poytaxt Seuldan 470 kilometr janubda joylashgan.
"Nuri" koreys tilida atrofimizni o‘rab turgan “dunyo” ma’nosini beradi.
Og‘irligi 200 tonna keladigan ushbu raketa bir yarim tonnagacha bo‘lgan yo‘ldoshni orbitaga olib chiqishi mumkin.
Shunday bo‘lsada, raketasozlik bo‘yicha Janubiy Koreya qo‘shnisi Shimoliy Koreyadan orqada qolmoqda. Masalan, KXDR 2012 yil dekabr oyida o‘zining "Inxa-3" raketasi yordamida "Kvanmyonson-3" nomli yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqan edi.
2013 yilda Janubiy Koreya Rossiya bilan hamkorlikda yasagan ikki bosqichli “Naro” raketasini uchirgan edi. O‘shanda ushbu raketa 100 kilogrammli yo‘ldoshni orbitaga olib chiqqan.
Bu safar uch bosqichli "Nuri" raketasi yo‘ldoshning sinov maketini Yerdan 600-700 kilometr masofada bo‘lgan past orbitaga olib chiqdi.
Janubiy Koreya o‘z raketasini ishlab chiqarish uchun 1,7 milliard dollar sarfladi. Janubiy Koreyaning 300 dan ortiq kompaniyasi ushbu loyihada ishtirok etgan.