Janubiy Koreya Google kompaniyasini jarimaga tortdi
Janubiy Koreyaning monopoliyaga qarshi organi Google kompaniyasini mobil tizimlar va ilovalar bozoridagi ustunligini suiste’mol qilgani uchun qariyb 180 million AQSH dollariga jarimaga tortdi, deb xabar beradi Arab News.
Bu Janubiy Koreyada Google va Apple singari yirik operatorlarning dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni o‘z to‘lov tizimlaridan foydalanishga majburlashni taqiqlovchi qonun qabul qilinganidan bir necha hafta o‘tib sodir bo‘ldi.
Google va Apple kompaniyalari Janubiy Koreyadagi onlayn-ilovalar bozorida ustunlik qiladi.
Koreya odil savdo komissiyasi (KFTC) Google kompaniyasini go‘yoki Koreyaning Samsung Electronics kabi smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasining Android operativ tizimini o‘rnatishga to‘sqinlik qilganlikda ayblab, 2016 yildan buyon kompaniyaga nisbatan tergov o‘tkazadi.
Google kompaniyasining qayd etishicha, uning Play Store do‘konlaridan undiriladigan to‘lovlar standartlarga javob beradi va xavfsiz savdo maydonchalarini qurish uchun adolatli kompensatsiya hisoblanadi.
www.arabnews.com
sayti materiallari asosida Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA