Jangchi-faxriylarga ehtirom
FOTOREPORTAJ
Termiz shahrida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi, viloyat hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda afg‘on urushi qatnashchilari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Dastlab jangchi-faxriylar harbiy orkestr sadolari ostida Termiz shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Shundan so‘ng baynalminal jangchilar uchun “Muhtasham” tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar jangchi-faxriylarni sana bilan muborakbod etib, elu yurt va yosh avlod oldidagi xizmatlarini e’tirof etib o‘tdilar. Ularning mardligi va jasorati, shijoati, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, sodiqligi kelajak avlodga hamisha o‘rnak va namuna bo‘lib qolishi ta’kidlandi.
[gallery-16008]
Tadbirda “Veteran” birlashmasi faollari hamda baynalmilalchi jangchi-faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi. San’atkorlar ijrosidagi diltortar qo‘shiqlar esa ishtirokchilar qalbiga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA