Jamiyat taraqqiyotida OAVning o‘rni
Andijonda ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasb bayrami yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tdi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari, axborot xizmatlari, nashriyot, matbuot tarqatuvchi korxonalar vakillari, blogerlar, soha faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda soha faxriylarini muborakbod etib, mamlakatimizda ularning samarali faoliyat yuritishlari, so‘z erkinligini ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligini, ular jamiyat rivojida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.
Har yilgidan o‘zgacha ruhda o‘tgan bayram tadbirida samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh soha xodimlari, faxriylar viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. So‘lim Bog‘i Boburdagi “Ko‘hinur” tantanalar saroyida o‘tkazilgan bayram tadbirida taniqli san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur barchaga xush kayfiyat ulashdi.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA