Jamilov Shuhrat Farmon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Lokomotivlarning o‘zgarmas tok tortuv elektr dvigatellarini texnik holatini baholash va ishonchliligini oshirish” mavzusida
Jamilov Shuhrat Farmon o‘g‘lining 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poyezdlarni tortish va elektrlashtirish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Lokomotivlarning o‘zgarmas tok tortuv elektr dvigatellarini texnik holatini baholash va ishonchliligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 29 mart kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy. Toshkent davlat transport universiteti bosh binosi, 259-auditoriya.
Tel.: +998 71 299-00-01
e-mail: rektorat@tstu.uz