Jahon standartlariga mos mahalliy mahsulotlar
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Yevro Global Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati yirik yig‘ma temir-beton panellari tayyorlashga ixtisoslashgan.
Klaster usulidagi korxona yiliga 500 ming kub metr beton mahsulotlar ishlab chiqarish, 1 million tonna tosh maydalash, yana shuncha asfalt tayyorlash quvvatiga ega. Shuningdek, bu yerda ichki va tashqi eshiklar, deraza romlari, mebellar yasash yo‘lga qo‘yilgan. Korxona mahsulotlari jahon standartlariga mosligi, zilzilaga bardoshliligi hamda hamyonbopligi bilan xaridorgir.
Ayni paytda korxonada 850 nafar kishi mehnat qilmoqda. Yil yakuniga qadar ish o‘rinlari soni 1 ming 500 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA