Jahon savdo tashkiloti sari yana bir qadam
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida bojxona yig‘imlari stavkalarini ushbu tashkilot qoida va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida:
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar miqdorini bojxona organlari tomonidan xarakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqib belgilash;
tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini o‘zaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi.
Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zA