Jahon dzyudo ixlosmandlarining eʼtibori Toşkentga qaratildi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi” yakkakuraşlar majmuasida 21 yoşgaça bölgan dzyudoçilar örtasidagi jahon çempionatining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
81 mamlakatning 600 nafarga yaqin mahoratli sportçilari qatnaşayotgan dunyo birinçiligining yurtimizda taşkil etilişi Özbekistonning xalqaro sport maydonidagi nufuzini yanada mustahkamlaşga beqiyos hissa qöşiş bilan birga, yoş sportçilarimiz uçun jahon miqyosidagi musobaqalarda iştirok etiş könikmasini oşiradiki, bu, mahoratli dzyudoçilarning yangi avlodi kamol topişiga ijobiy taʼsir körsatişi bilan ahamiyatlidir.
Çempionatning tantanali oçiliş marosimida milliy sanʼatimizning zamonaviylikka uyğunlaşgan nodir durdonalari, betakror kuy va raqslar guldastasi, dunyoga mutlaqo yangiça qiyofada tanilayotgan jonajon vatanimizning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalardagi yutuqlarini ifoda etadigan “Özbekistonga xöş, kelibsiz” videolavhasi namoyiş etildi.
Iştirokçi mamlakatlarning nomlari alohida aytilib, 81 ta davlatning bayroqlari keng maydon uzra tamoşabinlar olqişlari ostida olib ötilganligi çempionatda qatnaşayotgan sport jamoalariga, Toşkent tatamilaridagi bellaşuvlarni önlab tele dasturlar, ijtimoiy tarmoqlar, intenet bloklari orqali kuzatib borayotgan dunyoning turli burçaklaridagi dzyudo ixlosmandlariga bir olam zavq bağişladi.
Marosimda iştirok etgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marus Vezer, Özbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov dzyudo sportining yurtimizdagi ommaviyligini oşiriş va yoş avlod örtasida sportga bölgan qiziqişni kuçaytirişga qaratilgan saʼy-harakatlarga töxtalib, Özbekistonning yirik sport musobaqalarini taşkil etiş va xalqaro sport turizmi yönalişidagi salohiyati yildan yilga yuksalayotganligini eʼtirof etişdi.
Taʼkidlanganidek, Özbekistonda taşkil etilayotgan bu galgi dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi dunyo birinçiligi bir qator rekordlari, körsatkiçlari bilan alohida ajralib turadi.
Xususan, 2025-yili Peruning Lima şahrida ötgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida 65 ta davlatning 463 nafar sportçisi qatnaşgan bölsa, Özbekistondagi çempionatda 81 ta mamlakat vakillari sovrinli örinlarga daʼvogarlik qilolmoqda.
Mazkur körsatkiç iştirok etadigan sportçilar soni böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionatlari tarixidagi eng yuqori natija sifatida qayd etildi.
Bundan taşqari, bu safargi çempionatda yoş bölsa-da kattalar örtasidagi jahon çempionatlarida, Olimpiya öyinlarida sovrinli örinlarni egallagan kattalar örtasidagi amaldagi jahon çempioni yaponiyalik Li Xyonji, yoşlar jahon çempioni, kattalar örtasida jahon çempionati bronza medali sohibi serbiyalik Boris Rutoviç, 18 yoşgaça bölganlar örtasida jahon çempioni, 21 yoşgaça bölganlar orasida jahon çempionati sovrindori, AQŞlik Jonatan Yang, Olimpiya öyinlari va kattalar örtasidagi jahon çempionati sovrindori şvetsiyalik Tara Babulfatx, kattalar örtasidagi Yevropa çempionati sovrindori rossiyalik Abdullax Parçiyev singari önlab nomdor dzyudoçilarning iştirok etayotganligi musobaqalarning murosasiz ötişini taʼminladi.
Şu örinda, Özbekiston yoşlar terma jamoasining 2021–2025-yillar oraliğidagi 21 yoşgaça bölganlar örtasidagi jahon çempionatlaridagi natijalariga eʼtibor qaratsak.
Mamlakatimizning yoş dzyudoçilari ötgan beş yillikdagi dunyo birinçiliklarida umumiy hisobda 17 ta medalga egalik qilgan bölsa, şundan 2 ta oltin, 4 ta kumuş va 11 ta bronza medal qölga kiritilgan.
Xususan, 2021-yili Italiyada 72 ta davlat vakillari iştirokidagi dunyo birinçiligida yoş sportçilarimiz 1 tadan kumuş va bronza, 2022-yili Ekvadorda 63 ta milliy terma jamoalar qatnaşgan birinçilikda bittadan oltin va kumuş, 2 ta bronza, 2023-yili Portugaliyada 68 ta davlat dzyudoçilari iştirokidagi birinçilikda 1 ta kumuş, 2024-yili Tojikistonda 67 ta mamlakat vakillari qatnaşgan jahon çempionatida 1 ta oltin, 3 ta bronza va 2025-yilda Peru keçgan dunyoning eng mahoratli yoşlari jamlangan birinçilikda 1 ta kumuş, 5 ta bronza medal jamğarilgan.
[gallery-32646]
Bu safar mamlakatimiz mezbonligida ötayotgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasining 16 nafar dzyudoçi qizlari va 32 nafar navqiron yigitlari öz mahoratini namoyiş etmoqda.
Ularning köpçiligi qitʼa çempionatlarida, xalqaro turnirlarda yuksak natijalarga erişgan sportçilar sanalsa, bir qator yoş dzyudoçilarimiz ötgan yili mamlakatimizda ötkazilgan “Prezident olimpiadasi”, Beş taşabbus olimpiadasi” singari musobaqalarda toblanganlar sanaladi.
Bayramona tarzda keçgan jahon çempionatining tantanali oçiliş marosimidan keyin musobaqa dasturiga muvofiq, beşta vazn toifasida final va yarim final musobaqalari davom ettirildi.
Tölqin Röziyev, ÖzA