Jahon chempionatida tarixiy debyut. Milliy jamoamiznu maxsus maqom kutmoqda
FIFA joriy yildagi jahon chempionati turnirida “Debut Patch” deb nomlangan mutlaqo yangi tizimni joriy etadi.
FIFA joriy yildagi jahon chempionati turnirida “Debut Patch” deb nomlangan mutlaqo yangi tizimni joriy etadi. Bu yangilik dunyo birinchiligida ilk bor maydonga tushadigan debyutant futbolchilarga alohida maqom berishni nazarda tutadi.
Tizim qanday ishlaydi?
Maxsus ramz: Mundialda debyut qiladigan har bir futbolchining o‘yin libosiga (futbolkasiga) ushbu tarixiy lahzani muhrlovchi maxsus patch tikiladi.
Maxsus suvenir: Bahs yakunlanishi bilan ushbu patch libosdan yechib olinadi va turnirning rasmiy hamkorlari — Fanatics hamda Topps kompaniyalarining kolleksiya to‘plamlariga joylashtiriladi.
Kolleksionerlar uchun o‘lja: Mazkur noyob suvenirlar keyinchalik futbol ishqibozlari va kolleksionerlar uchun original lot sifatida savdoga chiqariladi.

Ma’lumot uchun: Bunday tizim ayni paytda AQSHning MLS oliy ligasida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
O‘ZBEKISTON HAM DEBYUTANTLAR QATORIDA!
Biz uchun eng hayajonli tomoni — O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham JCH-2026 turnirining debyutanti hisoblanadi!
Bu degani, tarixiy mundialning ilk turida maydonga tushadigan barcha futbolchilarimiz ushbu maxsus patch bilan to‘p surishadi. Keyinchalik o‘zbekistonlik charm to‘p ustalarining debyut uchrashuvidan olingan ushbu eksklyuziv suvenirlar jahon futbol bozorida katta qiymatga ega bo‘lishi shubhasiz.