Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi
Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun chorak final janglari o‘tkaziladi.
Mazkur bosqichda 6 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz kurashni davom ettiradi.
Bugun kun davomida quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tariladi:
- 48 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Temirtas Jussupov (Qozog‘iston) (17:00)
- 60 kg: Abdumalik Xalakov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) (17:50 dan so‘ng)
- 75 kg: Saidjamshid Jafarov - Viparon Jongjoxo (Tailand) (19:15 dan so‘ng)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - David Chaloyan (Armaniston) (20:15 dan so‘ng)
- 63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Endi Kruz (Kuba) (22:55 dan so‘ng)
- 92 kg: Madiyar Saidrahimov - Lyuis Uilyams (Angliya) (00:40 dan so‘ng)
Eslatib o‘tamiz, chorak finalda g‘alaba qozongan bokschilar chempionatning kamida bronza medalini o‘zi uchun naqd qiladi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA