Jahon Chempionati-1994. Roberto Badjo fojiasi.
1994-yilda AQSh mezbonlik qilgan jahon chempionati haqida qiziqarli 11ta fakt.
Turnir haqida top-11 fakt
1. Ariza
1988-yilda AQSH JCH-1994 mezbonligini qo‘lga kiritdi.To‘g‘ri, FIFA buning uchun bir shart qo‘ydi — mamlakatda tarqalib ketgan Shimoliy Amerika futbol ligasi (NASL) o‘rnini bosuvchi, moliyaviy jihatdan barqaror professional liga tashkil etilishi kerak edi. AQSH bu shartga rozi bo‘ldi va MLS (Major League Soccer) ligasiga asos solishni o‘z zimmasiga oldi. Bu va’da 1993-yilda amalga oshirildi.Ya’ni, MLS ligasi aynan AQSHning JCH-1994 mezbonligi uchun topshirgan arizasining bir qismi sifatida dunyoga kelgan (!).

2. JCH-1994 qanday qilib hanuzgacha yangilanmagan umumiy tashrif rekordini o‘rnatdi?
1994-yilda AQSHda faqat futbol (sokker) uchun mo‘ljallangan birorta ham yirik professional stadion yo‘q edi. Shu sababli barcha uchrashuvlarni Milliy futbol ligasi jamoalariga yoki Amerika futboli bo‘yicha talabalar ligasiga tegishli bo‘lgan ulkan arenalarda o‘tkazishga qaror qilindi.Har bir stadionning sig‘imi 50 000 dan ortiq tomoshabinni tashkil etardi. Turnirning barcha uchrashuvlariga jami 3 587 538 nafar muxlis tashrif buyurdi — bu har bir o‘yinga o‘rtacha 68 991 tomoshabin to‘g‘ri kelganini anglatadi.Qiziqarli jihati, JCH-1994 bahslariga mezbonlik qilgan 9 ta arenaning birortasi ham JCH-2026 o‘yinlarini qabul qilmaydi.
3. JCH-1990 dagi himoyaviy taktika qoidalarni o‘zgartirib yubordi
FIFA quyidagi yangiliklarni qabul qildi va tasdiqladi:— To‘pni darvozabonga qaytarish qoidasi darvozabonlarga o‘z jamoadoshi tomonidan oyoq bilan qasddan uzatilgan to‘pni qo‘l bilan ushlash taqiqlandi.— G‘alaba uchun ikki ochko o‘rniga uch ochko beriladigan bo‘ldi.Bundan ko‘zlangan maqsad — vaqt cho‘zishlarning oldini olish va jamoalarni ko‘proq hujum qilishga majburlash edi.
4. Futbolkalardagi familiyalar
JCH-1994 futbolchilarning liboslari orqasiga ilk bor familiyalar yozilgan birinchi mundial bo‘ldi.
5. Rossiya — Kamerun (6:1) uchrashuvidagi noyob natija
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Oleg Salenko Kamerunga qarshi o‘yinda bitta uchrashuvda 5 ta gol urdi. Jahon chempionatlari tarixidagi ushbu rekord hanuzgacha yangilanmay kelamoqda. Salenko 6 ta gol bilan Xristo Stoichkov singari turnir to‘purariga aylandi va Romario hamda Roberto Badjoni ortda qoldirdi.Shu o‘yinda 42 yoshli Roje Milla ham gol urib, jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta gol muallifiga aylandi va JCH-1990 da o‘zi o‘rnatgan rekordni yangiladi.
6. Chetlatish
Italiyalik Janluka Palyuka JCH tarixida qizil kartochka olgan ilk darvozabon bo‘ldi. U Norvegiyaga qarshi bahsda jarima maydonchasidan tashqarida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun maydondan chetlatilgan.
7. Fojiali voqea
Kolumbiyalik himoyachi Andres Eskobar AQShga qarshi o‘yinda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi, bu esa Kolumbiya terma jamoasini guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum etdi. Vataniga qaytganidan so‘ng u otib o‘ldirildi. Qotil har bir o‘q uzilganda «Gol!» deya baqirgan.
8. Diego Maradona va doping
Birinchi turda Argentina Gretsiyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Maradona gol urib, uni nishonlash uchun kamera qarshisiga yugurib kelganida, sharhlovchi: «Bu ko‘zlarda faqatgina quvonch yashirinmaganga o‘xshaydi!» deb yuborgandi.Bir necha kundan keyin Diegoning efedrin moddasiga topshirgan doping-testi ijobiy natija berdi. U diskvalifikatsiya qilindi, o‘z sardorisiz qolgan Argentina esa 1/8 finalda Ruminiyaga imkoniyatni boy berdi. Bu voqea Maradonaning xalqaro faoliyatiga amalda nuqta qo‘ydi.
9. Bolgariyaning muvaffaqiyati
Bolgariya o‘z tarixida ilk bor yo‘l-yo‘lakay Germaniyani turnirdan chiqarib yuborib, jahon chempionatining yarim finaliga qadar yetib bordi. Bungacha ularning eng yuqori natijasi JCH-1986 dagi 1/8 final edi.
10. Gollarsiz o‘tgan ilk final
Braziliya va Italiya o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuv jahon chempionatlari tarixida ilk bor (qo‘shimcha vaqtlarni ham hisobga olganda) 0:0 hisobida yakunlandi. Oltin medallar taqdiri ilk marotaba penaltilar seriyasida hal bo‘ldi.

11. Roberto Badjo
Guruh bosqichidan qiyinchilik bilan o‘tgan Italiya finalga yetib kelgani uchun aynan Badjoning dahosidan minnatdor bo‘lishi kerak edi. U pley-off bosqichida jamoani bir o‘zi yetakladi va hal qiluvchi gollarni urdi, biroq Braziliyaga qarshi final u uchun shaxsiy halokatga aylandi.
